Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. -80 kg vaznda bahslarda qatnashgan taekvondochi Nikita Rafalovich chempion bo‘lib, O‘zbekiston delegatsiyasiga ikkinchi oltin medalni keltirdi.

Dramatik kechgan final bahsida Nikita Janubiy Koreya vakilini 21−18 hisobida mag‘lub etib, oltin medalga ega chiqdi.

O‘zbekiston sportchilari ayni paytga qadar 2 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.