Bugungi kunda «Qo‘qon» EIZ (erkin iqtisodiy zonasi) hududida qiymati 171,5 mln. dollar bo‘lgan 71 ta loyiha amalga oshirilyapti. Buning natijasida 3,1 trln. so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi va 139,1 mln. dollarlik mahsulot eksport qilinadi. Asosiysi, bu yerda 5717 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi. Bu haqda «Farg‘ona haqiqati» gazetasi saytida xabar berildi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan «Uzvinpromxolding» xususiy korxonasi tashabbusi bilan kiritilgan «Qo‘qon spirt» AJda qiymati 15,0 mln. AQSH dollari miqdoridagi bug‘doydan kleykovina (glyuten) ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi (yaratiladigan ish o‘rinlari 80 ta)respublika kengashi tomonidan va viloyat kengashi tomonidan 16,4 mln. AQSH dollarilik 11 ta investitsiya loyihalari (yaratiladigan ish o‘rinlari 737 ta) ko‘rib chiqilmoqda. 71 ta loyiha 63 investor tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, shulardan 59 tasiga ishtirokchi guvohnomasi berildi, qolgan 4 ta loyiha yuzasidan muzokaralar olib borilayotir.

6 ta kimyo va va neft kimyo, 14 ta qurilish materiallari, 4 ta qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, 12 ta yengil sanoat, 7 ta charm poyabzali, 3 ta elektrotexnika, 4 ta farmatsevtika, 3 ta mashinasozlik va avtomobilsozlik, 3 ta qog‘ozni qayta ishlash va mebel va 5 ta boshqa iste’mol tovarlari ishlab chiqarishga oid loyihalarning istiqboli baland bo‘lishi kutilmoqda.

Mazkur loyihalardan 7,2 mln. AQSH dollari bo‘lgan 4 tasi foydalanishga topshirilgan. Bular, «Shaffof metan sanoati» MCHJda yuqori bosimli metan-gaz balonlari ishlab chiqarish, «Admiral grupp» MCHJ da un va un mahsulotlari, «Kamtar begoyim» MCHJ tomonidan poyabzal hamda yana shu korxona tomonidan sun’iy mo‘yna mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihalaridir.

Qiymati 32,2 mln. dollar bo‘lgan 21 ta loyiha esa joriy yilning so‘ngiga qadar, qiymati 125,1 mln. dollar bo‘lgan 40 ta loyiha 2019−2020 yillarda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Maqolada shuningdek bir qator muammolar sanab o‘tilgan. «O‘zavtoyo‘l» aksiyadorlik jamiyatining «Yo‘l byurosi» tomonidan ichki yo‘llar chiqarilmaganligi sababli Bosh reja asosida kommunikatsiya tarmoqlarini tortish ishlarikechikmoqda va investorlarning tarmoq jadvali asosida qurilishi yakunlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Viloyat hududiy avtomobil yo‘llari Bosh boshqarmasi tomonidan ichki yo‘l tarmoqlarini tayyorlash, gaz idorasi tomonidan gaz tarmoqlarini tortish, elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan elektr temir va temir-beton ustunlarini o‘rnatish hamda «Suvoqava» idorasi tomonidan ichimlik va oqava suv quvurlarini yotqizish ishlari kechikyapti.

Ayni kunlarda «Qo‘qon» EIZning V nimzonasiga shisha tolali aloqa tarmog‘i tortish ishlarini yakunlash va hududda mobil operatorlar tomonidan raqamli aloqa (3 G, LTE) ulash va sifatini yaxshilash masalasini hal etish dolzarb vazifa sanaladi, deyiladi maqolada.