Kecha Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari start oldi. Musobaqaning dastlabki kunida O‘zbekiston vakillari bir necha sport turida bahslarda ishtirok etishdi va kun yakuniga ko‘ra uchta medalni qo‘lga kiritdi. Har uchchala medal erkin kurashchilar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Avvaliga, -65kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etgan Sirojiddin Hasanov terma jamoaga bronza medalini taqdim etgan bo‘lsa, -74kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Bekzod Abdurahmonov O‘zbekistonga ilk oltin medalni keltirdi. -97kg vaznli Magomed Ibragimovning bronzasi esa delegatsiya medallari sonini uchtaga yetkazdi.

Birinchi kun yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha qit’aning 45 mamlakati ichida sakkizinchi o‘rinni egallab turibdi.