Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun erkin kurash musobaqalarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Davit Modzmanashvili uchinchi o‘rin uchun bahsda gilamga chiqib, bronza medaliga ega bo‘ldi.

Davit Modzmanashvili mazkur bahsda hindistonlik raqibini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Shunday qilib O‘zbekiston delegatsiyasining medallar jamg‘armasi yettitaga yetdi.