O‘zbektelekom" va «ElKat» (Qirg‘iziston) telekommunikatsiya tarmoqlari o‘rtasida yangi transchegaraviy o‘tish qurilish ishlari yakunlandi, deya xabar qildi O‘zbekiston milliy telekom-operatori matbuot xizmati.

16 avgustda Farg‘ona viloyatining Quvasoy va Botken viloyatining Qizil qiya uchastkalarida xalqaro telekommunikatsiya tutash chegarasi tijoriy ekspluatatsiyaga qabul qilindi.

Shuningdek, telekommunikatsiya tarmoqlarini o‘zaro bog‘lash va kompaniyalar o‘rtasida telekommunikatsiya xizmatlarini taqdim etish bo‘yicha bitim imzolandi. «ElKat» MCHJ kompaniyasi bilan yangi chegaraviy uzatish qurilishi Qirg‘iziston hududidan o‘tadigan Internetga chiqish uchun muqobil yo‘lni ochib beradi.

Ushbu yangi chegarabiy uzatish qurilishi Afg‘oniston va Turkmaniston yo‘nalishlarida tranzit aloqa kanallari taqdim etish orqali «O‘zbektelekom» eksport salohiyatini oshiradi.