Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkentning Uchtepa tuman sudi Uchtepa tuman prokuraturasining poytaxtdagi «Vatan» kinoteatri yaqinida bosqinchilik hujumini amalga oshirishda gumon qilinayotgan uch kishini qamoqqa olish to‘g‘risidagi taqdimnomasini qanoatlantirdi. Bu haqda O‘zbekiston Oliy sudining rasmiy vakili Aziz Obidov «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Abdug‘ani Irgashev — (1985 yilda tug‘ilgan, taksi xizmati haydovchisi, avval sudlangan), Muzaffar Mirzayev (1987 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, avval sudlangan) va Ziyovuddin G‘ulomov (1994 yilda tug‘ilgan, vaqtincha ishsiz, avval sudlangan) O‘zbekiston Jinoyat kodeksi 164-modda 2-qism «a», «b» bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudining 15 avgustdagi qarori bilan uch nafar gumondorga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi.