O‘zbekiston Hindiston, Eron, Ozarbayjon, Rossiya va Qozog‘istonni bog‘lovchi «Shimol-Janub» xalqaro transport loyihasida qatnashishga qiziqish bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Suxrob Xolmurodov O‘zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining 11-yig‘ilishi ochilishida ma’lum qildi.

U O‘zbekiston hukumati Hindistonning Ashxobod bitimiga (O‘zbekiston-Turkmaniston-Eron-Ummon) qo‘shilganini qo‘llab-quvvatlaganini eslab o‘tdi. Bosh vazir o‘rinbosari fikricha, bu Hindiston, O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari o‘rtasidagi savdoыaylanmasi hajmining ortishiga xizmat qiladi.

Suxrob Xolmurodov 20−21 sentabr kunlari Toshkentda «Markaziy Osiyoxalqaro transport koridorlarida: strategik istiqbollar va foydalanilmagan imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini e’lon qildi.