Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining o‘ninchi kuni — 10 avgust natijalarini bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Feysbukdagi sahifasida e’lon qildi.

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 54 ta binoda 18 ta oliy ta’lim muassasalarining 84 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 48 614 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1 571 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 91 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 228 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 171,4 ball, Urganch davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» ta’lim yo‘nalishi;

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 145,6 ball, Urganch davlat universitetining «Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili» ta’lim yo‘nalishi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti — 104,5 ball;

to‘lov-kontrakt — 84,0 ball.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining saytida 2018 yil 11 avgust kuni soat 17.30da e’lon qilindi.