O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi rahbariyatining 2018 yil 8 avgustdagi buyrug‘iga asosan Toshkent shahrining to‘rtta tuman davlat soliq inspeksiyalariga yangi boshliq tayinlandi. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Do‘smuhammedov G‘iyos Mirvosilovich — Toshkent shahar Yashnobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. G‘.Do‘smuxammedov 1968 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, iqtisodchi. 1999 yili Toshkent moliya institutini tamomlagan.

Soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1994 yilda Toshkent shahar Yunusobod tumani soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektori vazifasidan boshlagan. Keyinchalik tuman davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent shahar soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

G‘.Do‘smuxammedov 2018 yil iyun oyidan buyon Toshkent shahar Yakkasaroy tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Raimov Ravshan Isoqjonovich — Toshkent shahar Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. R.Raimov 1976 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, iqtisodchi-matematik. 1998 yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1999 yilda Toshkent shahar Chilonzor tumani davlat soliq inspeksiyasi Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish bo‘limi davlat soliq inspektori vazifasidan boshlagan. Keyinchalik tuman soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari,Toshkent shahar soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2017 yil oktyabr oyidan buyon Davlat soliq qo‘mitasi bosh boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Isoqov Shokirbek Sultonbekovich — Toshkent shahar Uchtepa tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Sh.Isoqov 1962 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, iqtisodchi. 1986 yili Toshkent xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

Soliq organlaridagi mehnat faoliyatini 1995 yilda Toshkent shahar Sirg‘ali tumani soliq inspeksiyasi savdo korxonalari va xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini nazorat qilish bo‘limi soliq bosh inspektori vazifasidan boshlagan. Keyinchalik tuman soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari, Toshkent shahar soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Sh.Isoqov 2017 yil aprel oyidan buyon Toshkent viloyati Chirchiq shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.


Inog‘omov Alovitdin Husnitdinovich — Toshkent shahar Bektemir tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. A.Inog‘omov 1980 yilda tug‘ilgan, ma’lumoti oliy. 2009 yili Toshkent moliya institutini soliqlar va soliqqa tortish yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Soliq organlaridagi mehnat faoliyatini Toshkent shahar Yunusobod tuman soliq inspeksiyasi Buxgalteriya hisobi va ta’minoti bo‘limi 1-darajali hisobchi vazifasidan boshlagan. Keyinchalik tuman soliq inspeksiyasi sho‘’ba boshlig‘i, Toshkent shahar soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

A.Inagamov 2018 yil mart oyidan buyon Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.