Respublika oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilgan test sinovlarining beshinchi kuni natijalari 18.15da e’lon qilinadi. Bu haqda bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov o‘zining Feysbukdagi sahifasi orqali e’lon qildi.

Respublika oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarining beshinchi kuni — 5 avgust natijalari quyidagicha:

Test sinovlari shaxsni identifikatsiyalash vositalari, videofiksatsiya hamda doimiy videokuzatuv qurilmalari bilan jihozlangan 57 ta binoda 18 ta oliy ta’lim muassasalarining 97 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazildi.

Test sinovlarida 57 676 nafar abituriyent ishtirok etdi.

Test sinovlariga 1738 nafar abituriyent kelmadi.

Test sinovlari tartib qoidalarini buzganligi sababli 115 nafar abituriyent test sinovlaridan chetlashtirildi.

Test sinovlariga guruh nazoratchilari sifatida 2 404 nafar o‘qituvchilar jalb etildi.

Davlat granti bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 184,8 ball, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining «Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi;

To‘lov-kontrakt bo‘yicha eng yuqori o‘tish bali: 164,1 ball, Toshkent davlat sharqshunoslik institutining «Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha)» ta’lim yo‘nalishi.

O‘rtacha o‘tish bali:

davlat granti — 111,9 ball;

to‘lov-kontrakt — 90,0 ball.

Test sinovlari natijalari Davlat test markazining dtm.uz saytida soat 18.15 dan boshlab e’lon qilinadi.