5 avgust kuni 10:10 da Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan «Trest bino qurilish» korxonasi binosida gaz-havo aralashmasi chaqnashi sodir bo‘ldi, deya xabar qildi Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati.

Uch kishi jarohatlandi:

H. Mo‘minov, 1966 yilda tug‘ilgan (tanasining 80 foizi termik kuygan);

N. Hakimov, 1982 yilda tug‘ilgan (tanasining 27 foizi termik kuygan);

Z. Anaqulov, 1989 yilda tug‘ilgan (tanasining 27 foizi termik kuygan).

Jabrlanganlar Tez tibbiy yordam respublika ilmiy markaziga olib borilgan.

Ushbu holat yuzaga kelishiga gaz ballonini gaz qoldiqlaridan tozalash vaqtida xavfsizlik qoidalariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda.