«Gazeta.uz» va Zira.uz birgalikda mevalardan tayyorlaniladigan piroglar retseptini taqdim etadi.

Olxo‘ri va karamelli pirog

Olxo‘ri va karamelli pirogни odatda iliqligida iste’mol qilishadi. Bunday pirogni iloji bo‘lsa shisha yoki keramik idishda pishiring: uni kesmasdan qoshiq biln birga likopchaga torting. Bu pirog xushbo‘y, biroz nordon va juda mazali bo‘lib pishadi.

Olcha va qaynatma kremdan tayyorlangan pirog

Ichida ko‘p asosi bor pishiriqlarni yoqtiruvchilarga bu pirog juda yoqadi. Tayyorlash jarayonining oson kechishi uchun esa tayyor qatlama xamirdan foydalanamiz. Olchali pirogни ichiga qaynatma kremdan soling, pishiring va sovutib iste’mol qiling.

Nok qo‘shib pishirilgan yogurtli pirog

Bir soat ichida tayyorlab, pishirishga ham ulguradigan piroglardan biri bu nok va yogurtдан tayyorlanilgan pirog bo‘lib, bu jarayon esa sizga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydi. Xamir tez va oson qoriladi, unga yogurt qo‘shilganligi sabab ham, uning ichi g‘ovakli bo‘lib pishadi. Pishir-kuydirni endi boshlayotganlar ham bu pirogni bemalol, osonlik bilan pishira olishadi.

Shaftolili pirog

Kutilmagan mehmon tashrif buyurganda, tez tayyor bo‘ladigan shaftolili pirog sizning ko‘makchingizga aylanadi. Buning uchun sizga tayyor qatlama xamir va 40 daqiqa bo‘sh vaqt kerak bo‘ladi. Asosiysi, pirogни avval yaxshilab sovutib, undan so‘nggina iste’mol qiling.

O‘rikli pirog

Dasturxonga o‘zgacha ko‘rk va fayz bag‘ishlovchi pirogni aynan bayramlarda ham tayyorlash mumkin. Uning asosisi uvalanib ketadigan xamir, chizkeykni eslatuvchi tvorogli asos va o‘riklardan iborat. Pirog pishganidan so‘ng, biroz muddatga sovutgichga olib qo‘yib, so‘ng dasturxonga tortsangiz, juda mazali chiqadi.

Amerikancha olchali pirog

Olcha bilan pishiriladigan pirogjuda mazali bo‘lib, bunda muzlatilgan, konservalangan yoki yangi uzilgan olchalardan foydalanishimiz mumkin. Olchaning nordonligi pirogga o‘zgacha ta’m bag‘ishlaydi. Pirog pishgandan so‘ng biroz sovutib, undan so‘nggina iste’mol qiling.

Oddiy olmali pirog

Tayyorlanilishi juda oson, ammo juda mazali, dolchin qo‘shib pishirilgan olmali pirogretseptи bilan hoziroq tanishib oling. Ko‘p masalliqlarni talab qilmaydigan, cho‘ntakbop, ammo har qanday kremli tortlardan ham mazali chiqadigan bu retsept barcha oila a’zolaringizga yoqadi.

Bundanda ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15