O‘tgan yilning kuzi va joriy yil qish payti qo‘shko‘pirlik Nodirbek Matyoqubov va Norbek Abdullayev tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar nafaqat sud va tergov organlari, balki jamoatchilik tomonidan ham batafsil o‘rganib chiqildi. Sudda esa Yoshlar ittifoqining Qo‘shko‘pir tuman kengashi mutasaddilari ham ishtirok etdi. Bu haqda jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati sudi sudyasi Ra’no Kamolova «Gazeta.uz"ga ma’lum qildi.

Sud ishni jamoatchilik hukmiga havola etar ekan, Oliy sud va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi ўр­tasida yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida 2017 yil 5 дyeкабр­da imzolangan Memorandum talablariga suyandi.

Memorandumda yoshlarni ҳu­қuқий jihatdan tarbiyalash, turli nojoiz holatlardan ас­раш, jinoyat va ҳuқuқ­bu­зарлик harakatlari sodir қи­линgaн va asosli hollar mavjud bo‘lgan vaziyatlarda ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo choralarini yengillatish yoki undan ozod qilish, tarbiyaviy аҳа­миятga ega sudlov tadbirlariga yoshlar ishtirokini ta’minlash bilan birga huquqiy-profilaktik tadbirlar, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish choralarini ham ko‘zda tutilgan.

Aytish joizki, har ikki sud majlisi sayyor tartibda o‘kazildi.

Qo‘shko‘pir tumanidagi 10-sonli musiqa va san’at maktabida keng jamoatchilik ishtirokida o‘tkazilgan sud majlisida 1993 yil ushbu tumanning O‘rtayop qishlog‘ida tug‘ilgan, oilali va oliy ma’lumotli, muqaddam sudlanmagan Nodirbek Matyoqubovning jinoiy qilmishi keng jamoatchilik, xususan, Ёш­лар itifoqining tuman kengashi vakillari ishtirokida кў­риб chiqildi.

Sudlanuvchining aybi bilan sodir bo‘lgan mash’um voqea tafsiloti quyidagicha: tun allamahali chog‘i yaqin қа­рин­дошининг xonadonida bo‘lgan to‘ydan mast holatda uyiga qaytayotgan Nodirbek Matyoqubov yo‘lda uchragan qo‘shnisi Ismoil Qo‘shaqovni arzimas sabab bilan дўп­послайди.

Buning oqibatida jabrlanuvchining bosh miyasi, jag‘i, chakka suyagi va uning yumshoq to‘qimalari, o‘ng qo‘li va tizzasi og‘ir darajada shikastlanib, ҳu­шини yo‘qotadi va u shifoxonada o‘ziga keladi.

Tumanning Yangilik qishло­ғи fuqarosi, 1992 yili tug‘ilgan Norbek Abdullayevning jinoiy qilmishi оқи­батиda esa, 1989 yili ushbu tumanda tug‘ilgan Faxriddin Do‘stov bemahal hayotdan ko‘z yumdi.

N. Abdullayev 2018 yilning 4 yanvarida akasiga qarashli «90 R 767 VA» raqamli «Nyeк­сия» rusumli avtomashinasini harakat хавф­сизлиги qoidalariga butunlay xilof holda boshqaradi. Oqibatda u avtomashina bilan o‘z yo‘li bo‘ylab velosipedda ketayotgan F. Do‘stovni urib yuboradi.

Jabrlanuvchi oradan 2 soat o‘tgach, shifoxonada vafot etadi.

Katta ko‘chada yuz bergan bu fojiali voqea tergov organi kabi jamoatchilik, jumladan, Yoshlar ittifoqining mahalliy tashkiloti tomonidan ham sinchiklab o‘rganildi. Garchi bir begunoh insonning umriga zomin bo‘lishiga olib kelgan esa-da, buning javobgari sifatida sudga tortilgan N. Abdullayevning aybini jiddiy yengillatish imkonlari mavjud ekani ma’lum bo‘ldi. Chunonchi, muayyan miqdordagi garov evaziga ozodlikda qolgan gumondor qilmishiga to‘la iqrorlik bildirdi, birinchi marhumning oila a’zolaridan astoydil kechirim so‘radi, dafn marosimi va marakalari bilan bog‘liq xarajatlarni to‘la qopladi.

O‘z нав­батиda, ayblanuvchi o‘zi yashayotgan mahalla jamoatchiligi tomonidan ham ijobiy tavsiflandi. Ayni paytda muqaddam sudlanmagani, qilmishidan astoydil pushaymon ekani, qonundan ham, жабр­дийda tarafdan ham qalban kechirim so‘ragani, hali yoshligi, uylanmagani, qilmishidan тўғ­ри xulosa chiqargani, kelgusida ma’naviy-axloqiy jihatdan butkul tuzalib, hayotda to‘g‘ri yo‘lni topib olish imkonlari to‘la mavjudligi, jabrlanuvchi tarafga yetkazilgan moddiy zarar qoplangani kabi omillar tuman yoshlar tashkilotining e’tiborini tortdi. Shu munosabat bilan masalani sayyor tarzda, tuman yoshlar tashkiloti taklifiga ko‘ra, mazkur tashkilotga qarashli binoda ko‘rib chiqishga kirishgan jinoyat ishlari bo‘yicha Қўш­кўпир tuman sudiga tegishli mazmunda kafolat xati йўл­ланди. Shu orada jabrlanuvchi taraf ham айб­ланuвчини kechirdi.

Sud bu holatlarni e’tibordan chetda qoldirmadi. Har ikkala jinoyat ishini ko‘rish jarayonida ayblanuvchilar istiqomat qilayotgan joydagi mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, faollar, ayniqsa, mahalliy yoshlar tashkilotining so‘rovi, kafilligi inobatga olindi.

Sud tergov organi tomonidan N. Matyoqubovga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «ye» bandi, N. Abdullayevga nisbatan ushbu kodeksning 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarini jamoatchilik oldida ochiq-oshkora muhokama qilib, har ikki javobgarning aybini sezilarli darajada yengillatish mumkin, degan xulosaga keldi. Sud ishlari yakunida айб­ланuвчиларga nisbatan Jinoyat kodeksining kamroq jazo tayinlashga doir 57-moddasi qo‘llanildi. O‘z qo‘shnisiga og‘ir tan jarohati yetkazgan, ammo pirovardida qilmishiga astoydil pushaymonlik bildirgan N.Matyoqubov sud hukmi bilan ozodlikni cheklash; bir kishining hayotiga zomin bo‘lib, oxir-oqibatda tavba-tazarru qilgan N. Abdullayev esa, muayyan muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilindi.

Mahkumlar garchi ozodlikda qolgan bo‘lishsa-da, endilikda o‘z eldoshlari, jamoatchilik, birinchi galda ёш­лар tashkilotining doimiy nazoratida bo‘lishadi. Қо­нuнчилигимизda yuzaga kelgan ushbu ibratli qoidaga muvofiq ularning hayotda to‘g‘ri yo‘lni topishiga kafillik bergan taraf pirovardida buning mas’ulligini ham zimmasiga oladi.

Joriy yilning o‘tgan oylari mobaynida Xorazm viloyatining jinoyat ishlari bo‘yicha mavjud sud instansiyalari tomonidan yoshlar, xususan, 14 dan 30 yoshgacha бўл­gaн shaxslarning noqonuniy xatti-harakati bo‘yicha қo‘z­ғатилgaн 161 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqildi. Ularning 119 tasi bevosita sayyor sud majlislarida muhokama etildi.

Yoshlar tashkilotining mahalliy kengashlari sud jarayonlari arafasida yoshlar tomonidan sodir qilingan qonunbuzarlik holatlarini sinchiklab o‘rgandi va jami 10 ta jinoyat ishi bo‘yicha sudga tortilgan 12 nafarshaxsning himoyasini ishonch bilan o‘z zimmasiga oldi. Sud yoshlar tashkilotlarining kafillikka doir takliflarini rad etmadi. Aksincha, barini qanoatlantirdi. Faktlar sud hukmiga binoan oila va jamiyat bag‘rida qoldirilgan aksariyat shaxslar kafillik beruvchining doimiy kuzatuvi ostida ma’nan, ruhan, axloqan poklanish manzillari tomon intilayotganidan dalolat beryapti.