Toshkentda Oybek ko‘chasidagi yana bir chorraha — Said Baraka bilan kesishma (mo‘ljal — Savdogarbank binosi) ochildi.

Hokimiyat matbuot xizmati xabarida qayd etilishicha, mazkur qaror aholi iltimoslari bo‘yicha qabul qilindi.

Bir necha kun oldin esa Oybek ko‘chasidagi boshqa chorraha — 2011 yilda yopib qo‘yilgan Fidokor (sobiq Chexov ko‘chasi) ko‘chasi bilan kesishma ochilgan edi.