Toshkent shahar prokuraturasi 10 kun davomida Chirchiq daryosi, shuningdek poytaxtga tutash bo‘lgan kanallar va kollektorlar qirg‘og‘ida tekshiruv o‘tkazdi. Bu jarayonda 769 ta noqonuniy qurilish ishlari qilingani (turar joy-603, noturar-166) aniqlandi hamda ular endilikda buziladi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati Facebook sahifasi orqali xabar berdi.

«Toza kanal» kampaniyasi bo‘yicha Senat a’zolari, Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tumanlar Kengashlari deputatlari, MTRK va Mahalla xayriya jamg‘armasi xodimlaridan iborat har bir sektorda 1 tadan, jami 44 ta ishchi guruhlari shakllantirilib, 11 ta ishchi guruhlari va tadbirga zarur bo‘ladigan 176 ta texnika vositalari ro‘yxati tuzildi.

Toshkentda umumiy uzunligi 412,5 km bo‘lgan 129 ta kanal mavjud bo‘lib, uning 17 tas magistral, 25 tasi xo‘jaliklararo, 80 tasi xo‘jalik ichki kanallar va 7 tasi kollektorlardir.

Xatlov natijasida 75,6 km. uzunlikdagi 37 ta ichki kanallar yopilib ketganligi, yer maydonlaridan esa uy-joy va boshqa maqsadlarda foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.