Bunga qadar Yashnobod tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan Tillashayxov Hojiakbar Kamoliddinovich Yashnobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tillashayxov Hojiakbar Kamoliddinovich 1983 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2004 yilda Toshkent kimyo texnologiya instituti (kunduzgi) , 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti (sirtqi), 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi, 2016 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi tamomlagan.

2016 yilda «Ipak yo‘li» aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki Sag‘bon filiali boshqaruvchisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

2016−2017 yillarda Yashnobod tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan.