Toshkentning Mirobod ko‘chasidagi Yakkachinor ko‘chasiga taniqli belorus shoiri va jamoat arbobi Yakub Kolas (1882−1956) nomini berish taklif qilinmoqda. Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qarori loyihasi muhokama uchun e’lon qilindi.

Hujjatda xuddi shu ko‘chaga 1941−1943 yillarda O‘zbekiston poytaxtida yashab, ijod qilgan Yakub Kolas (Konstantin Mitskevich) byustini o‘rnatish ham ko‘zda tutilgan.

Yakub Kolas ko‘chasi ilgari Toshkentda mavjud edi (hozirda u Movarounnahr deb nomlanadi).

O‘tgan yilning may oyida poytaxtdagi Yakub Kolas yashagan binoga Yakub Kolasning avvalgi yillarda olib tashlangan yodgorlik peshlavhasi va barelefi qaytarilgan edi.

Qayd etish joizki, Belorus OAV ma’lumotlariga ko‘ra, sentyabrda Belorus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning O‘zbekistonga tashrifi belgilangan.