O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Marokash qiroli Muhammad VIni mamlakat milliy bayrami — Qirol taxtga chiqqan kun munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Vikipediya ma’lumotlariga ko‘ra, marshal va Marokash qirolligining Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni Muhammad VI 1999 yilning 30 iyul sanasida taxtga o‘tirgan. Bu sana mamlakatda milliy bayram sifatida nishonlanadi.