GM Uzbekistan kompaniyasi mashinalarining narxi 1 avgustdan boshlab o‘rtacha 14 foizga oshadi. Bu haqda Xalqaro press-klub sessiyasida qatnashgan «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisi Shavkat Umurzoqov ma’lum qildi.

Shu bilan bir qatorda Umurzoqov kelasi yilda xaridorlar uchun turli chegirmalar va narxlar tushirilishi ko‘rib chiqilishiga va’da berdi.

Oxirgi marta GM Uzbekistan 2017 yilning iyun oyida narxlarni yangilagan edi. O‘sha paytda tashkilot avtomashinalarni to‘liqligicha milliy valyutada sotishni joriy qilgandi. O‘z navbatida narxlar dollarga bog‘langan bo‘lib, to‘lov kuni valyuta kursi qancha bo‘lsa, o‘sha asosda amalga oshiriladi.

Xabar yangilanmoqda.