Advokatlar O‘zbekiston sud binolariga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini olib kirish huquqiga ega bo‘ldi. 26 iyul kuni «Sudlar, sud jarayonlari va ular ishtirokchilari xavfsizligini ta’minlash tartiblari to‘g‘risidagi qo‘llanma"ga tegishli o‘zgartishlar kiritildi, deya xabar qildi Norma.uz.

Biroq yopiq sud majlislariga kompyuter va aloqa vositalarini olib kirish mumkin emas.

Sudlarda vositalardan foydalanish sud majlislarini o‘tkazish tartiblarini uzmasligi kerak. Ovoz, foto va video yozuvlarni olishga avvalgidek faqatgina raislik qiluvchining ruxsati bilan yo‘l qo‘yiladi.

Bundan tashqari, sud jarayonlarini OAVda efirga uzatish endilikda «qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda» amalga oshiriladi, ayni paytda avvalgidek bunga raislik qiluvchi ijozat berishi lozim.