«O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyati yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida «Toshkent-Urganch-Toshkent» yo‘nalishida qo‘yilgan qo‘shimcha poyezdlarning harakat vaqti uzaytirilganini ma’lum qiladi. Bu haqda AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qo‘shimcha qo‘yilgan №256/255-sonli poyezd joriy yilning 27, 29, 31 iyul va 02, 04, 06, 08, 10 avgust kunlari soat 14:30 da Toshkent janubiy vokzalidan Urganch tomon xarakatlanadi. 28, 30 iyul hamda 01, 03, 05, 07, 09, 11 avgust kunlari soat 08:35 da Urganch vokzalidan poytaxtga qaytadi.

IZOH: Qo‘shimcha ma’lumotlarni 1005 qisqa raqam orqali yoki joylardagi xududiy temir yo‘l ma’lumotxonalaridan bilib olishingiz mumkin.