Toshkent shahar IIBB 17 iyul soat 22:00 dan 18 iyul 7:00 ga qadar beshta avtomobilga tegishli davlat raqami o‘g‘irlanganligi haqida transport vositalari haydovchilari va egalaridan ariza kelib tushganligini ma’lum qildi.

Bezori (barcha voqealar bir-biri bilan bog‘liq bo‘lishi ehtimoli bor) Mirzo Ulug‘bek tumanining Chust va Buyuk Ipak yo‘li ko‘chalarida to‘xtab turgan mashinalarning raqamlari yechib ketgan. Mashinada esa jabrlanuvchi murojaat qilishi mumkin bo‘lgan messenjer kanalining manzilini qoldirgan.

Tezkor tadbirlar davomida ikkita davlat raqami belgisi topilgan. IIBB boshqarmasi gumonlanuvchi haqida ma’lumotlar borligini va uni ushlash choralari ko‘rmoqda. Bezori jinoiy javobgarlikka tortiladi.

IIBB aholini jinoiy ishlarda jabrlangan yoki guvoh bo‘lgan holatlarda yaqin atrofdagi ichki ishlar bo‘linmasiga yoki 102 raqamiga, shuningdek, shahardagi patrul xizmati xodimlariga murojaat qilishga chaqiradi.

«Huquq-tartibot organlari sodir bo‘lgan voqea yuzasidan qanchalik tez xabardor bo‘lsa, jinoyatni shunchalik tez aniqlash va shu singari holatlarning oldini olish imkoni oshadi», — deyiladi xabarda.