O‘zbekistonda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonida mamlakat bo‘ylab 7657 ta ko‘p qavatli uyning tom va kirish yo‘laklari ta’mirlanadi. O‘zbekiston prezidenti 12 iyul kuni tegishli qarorni imzoladi, deya xabar qildi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Facebook-sahifasida.

3,9 million kv. m dan ortiq maydondagi tom va 15,7 mingta pod’ezd ta’mirlanadi. 5929 ta uyda ichki muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlarida ham ta’mirlash ishlari o‘tkaziladi. 2847 ta bolalar maydonchalari quriladi va ta’mirlanadi, 595 ta lift almashtiriladi va ta’mirlanadi. Shuningdek, ko‘p qavatli ularga olib boruvchi 754,7 kv. m trouar betonlanadi.

10 ta markaziy va lokal qozonxona, 32 ta qozon, 49,5 km issiqlik, 181,3 km suv, 40,8 km gaz quvurlari, 21,7 ming km elektr tarmoqlari hamda 6,8 mingta transformator podstansiyalari kapital ta’mirlanadi.

110 ta markaziy va lokal qozonxona, 831 ta qozon, 873 km issiqlik, 611 km suv quvurlari va 60,5 ming km elektr tarmoqlari, 18,6 mingta transformator joriy ta’mirdan chiqariladi.

Ijtimoiy soha ob’ektlarini kuz-qish mavsumida tayyorlash jarayonida 1815 ta maktab, 1400 ta bolalar bog‘chasi, 11 ta bolalar uyi va maxsus maktab-internat, 335 ta shifoxona va ambulator-shifoxona muassasalari kapital va joriy ta’mirdan chiqariladi.

Yilning sovuq mavsumiga 4,8 mln tonna ko‘mir mahsulotlari, jumladan aholi uchun 850 ming tonna, byudjet sohasi tashkilotlari uchun 340 ming tonna ko‘mir tayyorlab qo‘yildi