O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlardan 675 ming 49 ta ariza qabul qilindi. Bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan (729,94 ming) 54,89 ming yoki 7,5 foizga kam demakdir. Qabul kampaniyasi 15 iyul kuni yakunlandi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi ma’lumotlariga ko‘ra, bir talaba o‘rniga 8,3 nomzod to‘g‘ri kelmoqda. 60 ta OTM va ularning 19 ta filiali bakalavr bosqichiga qabul kvotasi 81,22 ming kishini (jumladan 11,76 ming kishi — maxsus sirtqi bo‘limlarga) tashkil etadi.

Eng ko‘p hujjatlar Qarshi davlat universiteti (30,9 ming ariza), Samarqand davlat universiteti (28,7 ming) va Farg‘ona davlat universitetiga (27,7 ming) topshirilgan.

Bir o‘ringa eng ko‘p nomzod Toshkent tibbiyot akademiyasining Farg‘ona filialida — 23,2 kishi, Andijon mashinasozlik institutiga 18,3 kishi va Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga — 17,6 kishini tashkil etdi.

Davlat test markazi matbuot xizmati rahbari Orziqul Boboyevning O‘zAga izoh berishicha, abituriyentlar sonining kamayishiga OTMlarning sirtqi va kechki bo‘limlari ochilgani bilan bog‘liq.

O‘zbekiston OTMlarida (xorijiy universitetlar filiallari hisobga olinmaganda) test sinovlari joriy yilda 1−15 avgust kunlari o‘tkaziladi. Avvallari ular bir kunda bo‘lib o‘tgan.