Toshkent hokimi v. b. Jahongir Ortiqxo‘jayev dushanba kuni Sergeli tumanining «Choshtepa» mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun 60 ta yetti qavatli uy qurilishini boshlab berdi.

Marosimda O‘zbekiston prezidentining davlat maslahatchisi Tursinxon Xudoyberganov va Sergeli tumani hokimi Nozim Husanov ishtirok etdi.

30 gektar maydonda 4000 kvartiraga ega 60 ta uy quriladi. Bunda mulkka egalik huquqi davlatga tegishli bo‘ladi. O‘z navbatida, shahar ma’muriyati keksa, nogironligi bor va Mehribonlik uylaridan chiqqan shaxslarni turar joy bilan ta’minlaydi.

Yangi mavzeda sport inshootlari, bolalar maydonchalari, bolalar bog‘chasi va maktab, tibbiyot muassasasi, savdo nuqtalari va boshqa ob’ektlar qurilishi ham rejalashtirilgan.

«25 yil ichida ilk bor bunday bo‘lmoqda. Biz mustaqil bo‘ldik, biroq biz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarga yetarlicha e’tibor qarata olmadik. Biroq hozir hammasi o‘zgarmoqda. Avval buni besh yilda qilgan bo‘lsak, endi besh oyda bajarayapmiz», — dedi Jahongir Ortiqxo‘jayev.

Foto