Rossiya o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati o‘zining yakuniy pallasiga kelib qoldi. Bugun yarimfinalning ilk uchrashuvi Fransiya — Belgiya terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Bahsni belgiyaliklar hujumlar bilan boshlashdi. Fransuzlar ham vaqti-vaqti bilan javob qaytarib turishdi. Ketma-ket yaratilgan xavfli vaziyatlardan har ikki jamoa ham unumli foydalana olmadi.

51-daqiqaga kelib Fransiya terma jamoasi himoyachisi Samuel Umtiti burchakdan oshirilgan to‘pni darvozaga aniq yo‘llab, hisobni ochdi.

Shundan so‘ng har ikkala jamoada ham imkoniyatlar bo‘lganiga qaramay, hisob boshqa o‘zgarmadi.

Fransiya — Belgiya 1:0 (0:0, 1:0)

Gol: 1:0 — 51 Umtiti.

Fransiya — Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Kante, Pogba, Mbappe, Grizmann, Matyuidi (Tolisso, 86), Jiru (Nzonzi, 85).

Belgiya — Kurtua, Shadli (Batshuayi, 90), Alderveyreld, Kompani, Vertongen, Vitsel, Dembele (Mertens, 60), de Bryuyne, Fellayni (Ferreyra Karrasko, 80), Azar, Lukaku.

Ogohlantirishlar: Azar (63), Alderveyreld (71), Kante (87), Mbappe (90), Vertongen (90).