RIA Novosti — Efiopiya va Eritreya dushanba kuni tinchlik va do‘stlik kelishuvini imzoladi. Bu ikki davlat o‘rtasidagi urush holatining tugatilishini anglatadi.

8 iyul kuni 20 yilda ilk bor Eritreya poytaxti Asmarda Efiopiya-Eritreya o‘rtasida yuqori darajada uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur davlat prezidenti Isayya Afevorki va Efiopiya bosh vaziri Abiy Ahmad ikki davlat o‘rtasidagi uzoq yillik qarama-qarshilikni to‘xtatish, diplomatik aloqalarni, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni, dengiz orqali yuk tashish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar va telefon tarmoqlari bo‘yicha aloqalarni tiklash masalalarini muhokama qildilar.

Ilgari Efiopiyaning hukmron «Efiopiya xalqining inqilobiy-demokratik fronti» (EPRDF) partiyasi Efiopiya va Eritreya o‘rtasida urushni to‘xtatish haqidagi Jazoir kelishuvini to‘liq qabul qilish va amalga tatbiq etish bo‘yicha qabul qilgandi. Kelishuv bir qator bahsli hududlarni, jumladan Eritreyadagi Badme shahrini ham qamrab oladi. Shunday qilib, Jazoir kelishuvini to‘liqligicha qabul qilgan Efiopiya Eritreyaga tegishli hududlardan o‘z qo‘shinlarini olib chiqib ketish majburiyatini oldi. Ular o‘rtasidagi bahsli hududlar yuzasidan kelishmovchiliklar 1998 yildan 2000 yilga qadar davom etdi. Natijada 80 ming kishi vafot etdi.

BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh Eritreyaga qarshi qo‘llangan xalqaro sanksiyalar olib tashlanishi mumkinligini bildirdi. «Bu sanksiyalar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan qator hodisalarga qaratilgan edi. Ammo men bu to‘siqlar endi yo‘q ekaniga ishonaman», — dedi u.