Sabzavotlar bilan tovada pishirilgan guruch


Yarim soat ichida tayyorlasa bo‘ladigan oddiy guruch va sabzavotli taom. Hammasi bitta tovada, sabzavotlar sharbatiga to‘yinib pishadi. Bunday yegulik ajoyib gazak, yoki asosiy taom o‘rnini bemalol bosa oladi.

Baqlajonli gazak


O‘zining ajoyib ta’mi sabali ham baqlajonlardan turlicha taom tayyorlash mumkin. Bu retseptda baqlajonlarni tovada qovurib, ichiga pomidor va brinzadan solib tugamiz. Haqiqiy yozgi gazak barchaga birdek yoqishi aniq!

Sabzavotli sate


Sate deb yog‘da qovurib olinadigan sabzavotlar birlashmasidan tashkil topgan salatga aytiladi. Sabzavotlar bunda qizarib pishadi, o‘zining ta’m va mazasini esa yo‘qotmaydi. Bu retseptda siz o‘zingizning eng yoqtirgan sabzavotlaringizda solishingiz, xohishga qarab ularni boshqalariga almashtirishingiz ham mumkin. Bu yegulikni yoz faslida albatta tayyorlab ko‘ring.

Qovoqchali tort


Qovoqchali tort bu yaxna va sersuv gazak bo‘lib, ko‘rinishidan tortga juda o‘xshab ketadi. Bunday yegulik qovoqchani yoqtirmaydigan insonlarga ham yoqadi. Asosiysi, uni tayyorlagandan so‘ng bir soatga sovutgichga olib qo‘yish kerak bo‘ladi.

Tovuq va makkajo‘xorili sate


Tovuqli sate — yarim soat ichida tayyorlaniladigan juda oddiy va mazli taom hisoblanadi. Sabzavotlarni xohishga qarab o‘zgartirish ham mumkin. Bunday taom tezda tayyorlanilishi bilan ko‘pchilikka juda yoqadi.

Pomidor va yalpizli salat


Pomidor va yalpiz solib tayyorlaniladigan salat, umuman o‘zgacha ta’mda bo‘lib, hech kimni befarq qoldirmaydi. Bundan tashqari sabzavotlarni qayta ishlanmasdan solinishi esa, uning juda foydaliligidan dalolat beradi.

Bundanda ko‘proq retseptlar Zira.uz internet sahifasida.

Facebook: fb.com/zirauz

Instagram: @zirauz

O‘zbek tilidagi Telegram kanal: t.me/zirauzuz

Rus tilidagi Telegram kanal t.me/zirauz

Telegramdagi guruh: t.me/zirauz_chat

Tahririyat telefon raqami: (+99899) 837−15−15