Xorvatiya poytaxti Zagreb shahrida 2 iyul kuni boshlangan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik Jamshid Ma’rufov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport vazirligi xabar berdi.

55 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda bahslarga kirishgan Jamshid Ma’rufov finalga qadar Isroil (10:0), Armaniston (4:0), Rossiya (10:0) va Italiya (5:4) vakillarini mag‘lub etdi. «Oltin» uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Xayyato Fujitadan ustun kelib (4:3), jahon chempioniga aylandi.

Bundan tashqari, chemionat davomida Shahboz Komilov (45 kg) amerikalik Rassel Lamerani mag‘lub etib, bronza medalni qo‘lga kiritdi.

So‘nggi bor o‘zbekistonlik sportchi 1998 yilgi jahon chempionatida oltin medal qo‘lga kiritgandi. O‘shanda Dilshod Mansurov chempion bo‘lgandi. Ortda qolgan 20 yil davomida yurtimizdan yunon-rum kurashidan o‘smirlar o‘rtasida, shuningdek, erkin kurash bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida jahon chempionlari yetishib chiqdi.