Prezident Shavkat Mirziyoyev 3 iyul kuni «O‘zbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi o‘rtasida o‘zbek-tojik Davlat chegarasidagi alohida uchastkalari bo‘yicha Bitimni ratifikatsiya qilish haqida"gi qonunni imzoladi. Qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 31 may kuni qabul qilingan bo‘lib, 28 iyunda uni Senat tasdiqlagan.

O‘zbek-tojik davlat chegarasidagi alohida uchastkalari bo‘yicha bitim O‘zbekiston prezidentining davlat tashrifi chog‘ida, 9 mart kuni Dushanbeda imzolangandi.

O‘tgan hafta bo‘lib o‘tgan Senatning 15-yalpi majlisida ta’kidlanganidek, qonun qabul qilinganidan so‘ng tomonlar avval belgilanmagan uchastkalarning 99,9 foizi yoki 192,7 kilometri bo‘yicha kelishib oldi. Ushbu uchastkalarda topografik xaritalar allaqachon yaratilgan.