15 iyuldan O‘zbekistonda E-VISA.UZ elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish va taqdim etish tizimi joriy etiladi. Bu prezident Shavkat Mirziyoyevning 4 iyuldagi «Chet el fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasiga kirish tartiblarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"giqarorida ko‘zda tutilgan, deya xabar berdi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Ushbu sanadan boshlab chet el fuqarolarining O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga murojaat qilish majburiyati ham bekor qilinadi.

Chet el fuqarolariga O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizani rasmiylashtirish va taqdim etish uchun konsullik yig‘imi miqdori 20 AQSH dollarini miqdorida belgilandi.

Elektron viza bir martalik kirish bilan 30 kungacha muddatda O‘zbekiston hududida bo‘lishga berilib, taqdim etilgan vaqtdan 90 kun davomida kuchga ega bo‘ladi.

Vizani rasmiylashtirish uchun O‘zbekistonga safar qilish belgilangan kunga eng kamida uch ish kuni oldin murojaat qilish lozim. Murojaat topshirilgan kun hisobga olinmagandan ikki ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Murojaatni ko‘rib chiqish uchun to‘lov elektron shaklda xalqaro to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. Bunda ariza beruvchi bank kartasi egasi bo‘lishi shart emas. Taqdim etilgan elektron viza elektron pochta orqali jo‘natiladi.