Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining nimchorak final o‘yinlari davom etmoqda. Kecha Belgiya terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonga chiqib, juda qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Belgiya terma jamoasi mazkur o‘yin oldidan favorit sifatida e’tirof etilgandi. Yaponlar esa ortiqcha bosimsiz harakat qilishdi.

Rostov-Donda o‘tkazilgan bahsda sal qolsa Yaponiya g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. 48-daqiqada Xaragusi hisobni ochgan bo‘lsa, 52-daqiqada Takasi Inui hisobdagi farqni ikkitaga oshirdi.

Belgiyaliklar tushkunlikka tushmay, hujum qilishda davom etishdi. 69-daqiqada Vertongen hisobni qisqartirgan bo‘lsa, 74-daqiqada Fellayni hisobni tenglashtirdi.

Hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yaponlar burchak zarbasini amalga oshirish uchun butun jamoa bilan yetib bordilar va buning uchun jazolanishdi. Qarshi hujumga o‘tgan belgiyaliklar Nosir Shodlining goli evaziga g‘alabani ilib ketishdi.

Mundialning chorak finalida Belgi terma jamoasi Braziliyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yin 6 iyul kuni «Qozon Arena"da o‘tkaziladi.