Toshkent IIBB poytaxtdagi qator ko‘chalar ta’mirlash ishlari munosabati bilan avtotransport uchun yopilishi to‘g‘risida e’lon qildi.

24 iyundan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Nukus ko‘chasidan (yo‘l o‘tkazgich boshlanishidan) Tallimarjon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi sovuq suv ta’minoti quvurlari almashtirib bo‘lingunga qadar yopiladi.

Qarama-qarshi yo‘nalishda harakat ochiqligicha qoladi. Ta’mirlash ishlarining taxminan bir oy davom etishi kutilmoqda. Aylanib o‘tish Mehrjon ko‘chasi bo‘ylab amalga oshiriladi. Dushanba kuni ertalab mazkur hududda tirbandliklar kuzatildi.

Bunyodkor ko‘chasi va Kichik halqa yo‘li kesishuvidagi yo‘l o‘tkazgich kapital ta’mirlanishi munosabati bilan 25 iyundan boshlab Bunyodkor ko‘chasining Muqimiy ko‘chasidan Qatortol 2-tor ko‘chagacha bo‘lgan qismi yopiladi. Aylanib o‘tish Qatortol 2-tor ko‘cha, Do‘mbirobod 4-tor ko‘cha, Chilonzor, Qatortol va Kichik halqa yo‘li orqali amalga oshiriladi.

Metropoliten liniyasi qurilishi munosabati 23 iyundan qurilish ishlari yakunlangunga qadar Elbek ko‘chasining Aviasozlar ko‘chasidan (mo‘ljal — Yashnobod tuman IIB) Alimkent ko‘chasigacha (Mo‘ljal — «Do‘stlik» metro bekati) bo‘lgan qismi yopiladi. 15, 22, 49, 54, 72 va 148- avtobuslar Alimkent ko‘chasi bo‘ylab harakatlanadi.