Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining 2-tur bahslari davom ettirilmoqda. Janubiy Koreya terma jamoasi Meksika qarshiligini yenga olmadi.

Dastlabki turda Germaniyani mag‘lub etgan meksikaliklar bu uchrashuvni ham faol boshlashdi. 26-daqiqada Janubiy Koreya darvozasi tomon belgilangan penaltini Vela aniq amalga oshirdi.

2-taymda Ernandes farqni ikkitaga oshirdi. Uchrashuv shu hisobda yakunlanadigandek tuyulgan bir vaziyatda Son Xin Min bitta gol urib, farqni biroz qisqartirdi.

Mazkur g‘alaba orqali Meksika pley-offga chiqish masalasini deyarli hal qildi.

Yujnaya Koreya — Meksika 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 — 26, penalti Vela, 0:2 — 66 Ernandes, 1:2 -90 Son Xin Min.

Yujnaya Koreya — Chjo Xen U, Kim Yen Gvon, Chjan Xen Su, Li Yen, Mun Son Min (Chjon U Yen, 77), Kim Min U (Xon Chxol, 84), Ki Son Yen, Chju Se Chjon (Li Sin U, 64), Li Chje Son, Xvan Xi Chxan, Son Xin Min.

Meksika — Ochoa, Moreno, Salsedo, Alvares, Layyun, Errera, Galyardo, Vela (dos Santos, 77), Guardado (Markes, 68), Losano (Korona, 71), Ernandes.

Ogohlantirishlar: Kim Yen Gvon (58), Li Yen (63), Li Sin U (72), Chjon U Yen (80).