Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining guruh bosqichi davom etmoqda. Bugun «D» guruhidan o‘rin olgan Xorvatiya va Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv oldidan ko‘pchilik ekspertlar Xorvatiyaning ustunligini taxmin qilgandilar va bu amalda o‘z aksini topdi.

O‘yin boshidanoq yevropaliklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olishga intildilar va bu o‘z natijasini ko‘rsatdi. Ketma-ket qilingan hujumlardan so‘ng nigeriyalik Etebo to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.


Ikkinchi bo‘limda ham xorvatlar tashabbusga ega bo‘lishdi. Modrichning to‘p oshirishidan so‘ng afrikalik himoyachi o‘z jarima maydonchasida qo‘li bilan o‘ynadi va hakam unga sariq kartochka ko‘rsatib, penalti belgiladi. Jarima zarbasini Modrich mahorat bilan amalga oshirdi va o‘yinda yakuniy hisob 2:0 bo‘lishini ta’minladi.

Xorvatiya — Nigeriya 2:0 (1:0, 1:0)

Gollar: 1:0 — 32, avtogol Etebo, 2:0 — 71, penalti Modrich.

Xorvatiya — Subashich, Vrsalko, Lovren, Vida, Strinich, Rakitich, Modrich, Perishich, Kramarich (Brozovich, 60), Rebich (Kovachich, 78), Mandjukich (Pyatsa, 86).

Nigeriya — Uzoxo, Shexu, Trost-Ekong, Balogun, Idovu, Ndidi, Etebo, Ivobi (Musa, 62), Obi Mikel (Nvankvo, 88), Mozes, Igalo (Ixeanacho, 73).

Ogohlantirishlar: Rakitich (30), Trost-Ekong (70), Brozovich (89).

Video