Jahon chempionati guruh bosqichining «S» guruhidan o‘rin olgan Fransiya — Avstraliya o‘yini mundial tarixiga kiradigan bo‘ldi.

Uchrashuvning dastlabki bo‘limida hisob ochilmadi. Mbappening o‘yin boshidagi urinishi omadsiz bo‘ldi. Keyinchalik avtraliyaliklarning urinishini Loris to‘xtatib qoldi.

Uchrashuvdagi barcha qiziqarli voqealar ikkinchi bo‘limda kuzatildi. 56-daqiqada avstraliyaliklar jarima maydonchasiga kirib borgan Antuan Grizmann raqib tomonidan yiqitildi. Bosh hakam dastlab o‘yin qoidasi buzilmaganini ko‘rsatgan bo‘lsada, sal vaqt o‘tib takroriy lavhaga murojaat qildi va penalti belgiladi. 11 metrli jarimani jabrlanuvchining o‘zi aniq bajardi.

Oradan 4 daqiqa o‘tib Avtraliya ham penalti tepish huquqini qo‘lga kiritdi va Yedinak bu vaziyatdan unumli foydalandi.

80-daqiqaga kelib Pol Pogbaning zarbasidan so‘ng to‘p chiziqni kesib o‘tgani yoki o‘tmagani haqida bahs bo‘layotgan bir paytda barchasiga golni aniqlash tizimi aniqlik kiritib berdi. Bu orqali Pogba jahon chempionatlari tarixidan joy oldi.

Shu tarzda Fransiya futbolga tatbiq etilayotgan texnologiyalar yordamida g‘alaba qozondi.

«S» guruhi

Fransiya — Avstraliya 2:1 (0:0, 2:1)

Gollar: 1:0 — 58, penalti Grizmann, 1:1 — 62, penalti Yedinak, 2:1 — 80 Pogba.
Fransiya — Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Tolisso (Matyuidi, 78), Kante, Pogba, Mbappe, Grizmann (Jiru, 70), Dembele (Fekir, 70).

Avstraliya — Rayan, Risdon, Seynsberi, Milligan, Bexich, Lekki, Yedinak, Muy, Kruz (Arzani, 84), Rogich (Irvayn, 72), Nebbaut (Yurich, 64).

Ogohlantirishlar: Lekki (13), Risdon (57), Tolisso (76), Bexich (87).