Toshkent hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Ortiqxo‘jayev qarori bila 6 iyundan 11 tumanning 10 tasi hokimlari lavozimidan ozod qilindi va hokim vazifasini bajaruvchi etib qayta ishga olindi. Bu haqda poytaxt ma’muridan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi.Faqatgina 2017 yil dekabrida hokim v. b. etib tayinlangan Shayxontohur tumani rahbari Bahodir G‘oyibnazarov ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozmadi.

1 iyun kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent bo‘ylab safar uyushtirganidan so‘ng poytaxt va tumanlar ma’muriyatlari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazdi. Unda shaharni rivojlantirish va obodonlashtirishdagi kamchiliklar aytildi.

6 iyun kuni poytaxt hokimiyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda esa hokimiyatlar byurokratik institut emas, balki xalq bilan ochiq muloqot qiladigan va uning manfaatlariga xizmat qiladigan muassasalar bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.