1 iyun kuni Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanidagi «Shaxand» agroiqtisodiy kolleji o‘quvchilari o‘rtasidagi janjal natijasida ulardan biri hayotdan ko‘z yumdi.

O‘zbekiston IIV matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ikkinchi kurs o‘quvchisi O. T. uchinchi bosqichda tahsil olgan A. A.ga tan jarohatlarini yetkazgan. Hodisa «Bozorboshi» mahallasi hududida sodir bo‘lgan. Uchinchi bosqich o‘quvchisi xushsiz holda shifoxonaga yetkazilgan va o‘sha yerda vafot etgan. Tan jarohatlarini yetkazgan yigit qo‘lga olingan.

Eslatib o‘tamiz, may oyi oxirida Bekobod tumanida ham o‘smirlar o‘rtasidagi mojaro o‘lim bilan tugagan edi. O‘tgan yilning oktyabrida esa Toshkentda jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi kursdoshini kaltaklab, o‘limiga sababchi bo‘lgan tibbiyot kolleji o‘quvchisini olti yil muddatga qamoq jazosiga mahkum etdi.