28 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi hay’atiga vazir o‘rinbosari etib tayinlangan Dilshod Ahatov tanishtirildi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Avval u TIVning Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i hamda O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Bunga qadar O‘zbekistonning Turkiyadagi elchisi bo‘lib ishlagan Ulfat Qodirov esa TIV Konsullik huquqiy departamentiga rahbar bo‘ldi.