Aziz Abduqahhorovich Abduhakimov O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi «Gazeta.uz"ning hukumatdagi axborot manbasi.

Aziz Abduhakimov (1974 yilda tug‘ilgan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Yaponiyaning «Xitotsubashi» universiteti bitiruvchisi) tayinlovga qadar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi (2017 yil avgustdan), avvalroq esa bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.

Yangi lavozimga o‘tgan hafta vazifasidan ozod qilingan Qahramon Akmalov o‘rniga tayinlandi. Tahririyatdagi mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u rahbarlik qiluvchi ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy madaniyat va sport masalalari majmuasiga turizm yo‘nalishi ham kiritilgan.

«Gazeta.uz» axborot manbasi ma’lumotlariga ko‘ra, bosh vazirning yangi o‘rinbosari oldiga qo‘yilgan ustuvor vazifalardan biri maktab ta’limini isloh qilishdan iborat.

Davlat turizm qo‘mitasiga bunga qadar innovatsion rivojlanish vazirining birinchi o‘rinbosari, avvalroq esa «O‘zmedeksport"bosh direktori bo‘lib ishlagan Baxtiyor Nuritdinovich Umarov tayinlandi.

Baxtiyor Umarov (chapda)