Poytaxt hokimiyati va IIBB tashabbusi bilan Toshkent markazidagi «Moviy gumbazlar» restorani joylashgan xiyobon obodonlashtiriladi.

IIBB matbuot xizmatining xabar qilishicha, seshanba kuni erta tongdan xiyobonni obodonlashtirish ishlari boshlab yuborildi.

Hudud chiqindilar, quruq shox-shabbalardan tozalanib, daraxt shoxlari tartibga keltirilmoqda, piyodalar yo‘laklari qayta yotqizilib, drenaj tizimlari tiklanmoqda, favvoralar ta’mirlanib, yangi fonus va o‘rindiqlar o‘rnatilmoqda.

Shahar hokimiyatidan «Gazeta.uz"ga tasdiqlanishicha, bu yerdagi yashil hudud saqlab qolinadi. Ko‘chada transport vositalari harakatlanishi haqidagi xabarlar noto‘g‘ri