Toshkentda 1970 yilda 1966 yilgi vayronkor zilzilaga o‘rnatilgan «Jasorat» monumenti atrofidagi hudud rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, rekonstruksiya prezident tashabbusi bilan boshlandi. Rekonstruksiya ishlari yakunigaыyetganidan so‘ng maydon shaharliklar dam olishi uchun zamonaviy va jozibador maskanga aylanadi, deyiladi xabarda.