O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 may kuni rasmiy tashrif bilan AQSHga keldi. Vashingtondagi «Endryus» aeroportida prezident va uning turmush o‘rtog‘ini AQSH hukumati a’zolari kutib oldi.

Davlat rahbari matbuot xizmatining esga olishicha, 16 may kuni Shavkat Mirziyoyev Oq uyda AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashadi.

17 may kuni O‘zbekiston prezidenti AQSH davlat kotibi, mudofaa vaziri, kongressmenlar va senatorlar hamda Jahon banki prezidenti bilan uchrashadi.
O‘zbekiston prezidenti va uning turmush o‘rtog‘i o‘zbek tilida qarshi olindi.

Rasmiy tashrif yakunlari bo‘yicha ikki davlat rahbarlarining qo‘shma bayonotini qabul qilish va 40 dan ortiq hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Video