6-may kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Ravshan Usmonov Toshkentdan Kuala-Lumpur shahriga jo‘nab ketdi, deya xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Ravshan Usmonov ilgari Turizmni rivojlantirish bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekistonning Fransiyadagi favqulodda va muxtor elchisi, shuningdek, o‘rindoshlik asosida Italiya va Portugaliyada favqulodda va muxtor elchi lavozimlarida ishlagan.

Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya), Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bitiruvchisi Ravshan Usmonov ilgari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa mamlakatlari va NATO bilan hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.