Adliya vazirligi tomonidan Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlikning rasmiy Telegram-kanalida xabar qilindi.

Mazkur jamg‘armani tashkil etish «Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi prezident farmonida belgilangan edi.

Foto: Adliya vazirligi.

Mazkur tashkilotning asosiy maqsadi xotin-qizlarni va oilani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar va oilalarga, nogironligi bo‘lgan ayollarga moddiy yordam ko‘rsatish hisoblanadi.