Toshkentda Islom Karimov ko‘chasida Olmazor ko‘chasidan Beshyog‘och ko‘chasigacha yo‘nalishda sinov maqsadida «Radar» axborot-ko‘rsatkich belgisi o‘rnatildi, deya xabar qildi poytaxt IIBB YHXB sayti.

Mazkur uchastka transport vositalarining yuqori tezligi 50 km/s gacha cheklangan xudud bo‘lib, tezlik rejimi ustidan nazorat tezlikni o‘lchash qurilmasi yordamida amalga oshiriladi.