O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati raisi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Abdurahim Mo‘minov favqulodda vaziyatlar vazirini o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. FVV rasmiy sayti ma’lumotlari bunga guvohlik bermoqda.

Abdurahim Mo‘minov FVVda favqulodda vaziyatlar profilaktikasi bo‘yicha vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat ko‘rsatadi.

Abdurahim Mo‘minov mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati tashkil etilgunga qadar esa Prezident xavfsizlik xizmati rahbari bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Prezident Davlat xavfsizlik xizmati MXX tarkibidan ajratilib, alohida vazirlik darajasidagi tashkilotga aylangani O‘zbekiston prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 17 fevraldagi pf-4960-sonli farmoniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi farmonida o‘z aksini topgan.