Chorshanba kuni 15:43 da Toshkent va O‘zbekistonning boshqa shaharlarida (Farg‘ona vodiysi, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi) 3 ballik zilzila qayd etildi.

Poytaxt seysmostansiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i Afg‘onistonda Hindikush tog‘larida Toshkentdan 546 km masofada joylashgan. Epitsentrda magnituda 6,2 balni tashkil etdi.