General-mayor Sobir Rahimov haykali Toshkentning Olmazor tumanidagi tarixiy joyiga qaytarildi. Tantanali ochilish marosimi seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda 1000 ga yaqin kishi, jumladan 500 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi. Hokimiyat, Mudofaa vazirligi, Mudofaa vazirligi Veterenlar ishlari bo‘yicha Markaziy kengashi, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi, HHK va HHM, harbiy qismlar va muassasalar vakillari, shuningdek faxriylar, yoshlar va oddiy fuqarolar yodgorlik poyiga gullar qo‘ydi.

2011 yil qishida G‘ofur G‘ulom istirohat bog‘iga ko‘chirilgan Sobir Rahimov haykalini o‘z joyiga qaytarilishi haqida 2 may kuni ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatida o‘tkazilgan yig‘ilishda haykalning o‘z joyiga qaytarilishini tarixiy adolatning tiklanishi deb atadi.

Video

Foto