5 may kuni kechqurun poytaxt avtovokzalida «Toshkent-Bishkek-Toshkent» xalqaro avtobus qatnovi ochilishi bo‘lib o‘tadi. Muntazam reyslar 7 maydan boshlanadi, deya xabar qildi O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi matbuot xizmati.

Qatnov ochilishi to‘g‘risidagi kelishuvga 22 yanvar kuni Toshkentda Xalqaro avtomobil tashuvlari masalalari bo‘yicha qo‘shma o‘zbek-qirg‘iz qo‘shma komissiyasi yig‘ilishida erishilgan edi.

Marshrut uzunligi 601 km bo‘lib, ushbu yo‘lga 12 soatu 40 daqiqa sarflanadi. Javdvallarda «G‘ishtko‘prik» (O‘zbekiston), «Jibek Jolы» (Qozog‘iston), «Supatay Batыr» (Qozog‘iston) va «Chaldovar» (Qirg‘iziston) postlaridagi bojxona va chegara nazorati uchun 30 daqiqadan sarflanadigan vaqt ham kiritilgan.

Qirg‘iziston poytaxtidan avtobuslar Bishkek sharqiy avtovokzalidan otlanadi.

Yo‘l haqi Toshkentdan 120 ming so‘m, Bishkekdan esa 1000 somni tashkil etadi.

Tashuvlarni O‘zbekiston tomonidan Mironshox Grand Trans (Foton avtobuslari, Xitoy), Qirg‘iziston tomonidan esa «Trans Soyuz-Aziya» (Yutong atobuslari, Xitoy) amalga oshiradi.